TDSHUda Yaponiya delagatsiyasi

2025-yil 11-fevral kuni TDSHUga Tsukuba universitetining Ijtimoiy fanlari instituti Ta’lim fakultetining 7 nafar vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Yaponshunoslik oliy maktabida O’zbek-yapon talabalarining akademik forumi o’tkazildi. Unda Tsukuba universiteti va Yaponshunoslik oliy makatabining magistrantlari, tayanch doktorantlari ilmiy tadqiqot mavzulari bilan ishtirok etdilar.
Tashrif ikki tomonlama akademik hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilib, tadqiqotlar bo‘yicha fikr almashish hamda o‘zaro hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini muhokama qilish imkoniyatini yaratdi.