TDSHUda “Yoshlar o‘rtasida kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va profilaktikasini tashkil etish” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi

Jinoyatchilikning barvaqt oldini olishda turli profilaktik tadbirlarni tashkil etish muhim ahamiyatga ega.
Shu maqsadda 14- yanvar kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Yoshlar o‘rtasida kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va profilaktikasini tashkil etish” mavzusida o‘tkazilgan muloqot talaba – yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgani bilan e’tiborlidir.
Tadbirda Ichki ishlar vazirligi akademiyasi magistratura tinglovchisi, podpolkovnik Olimxon Ergashev, universitet inspektori Muazzam Jo‘rayeva, fakultet dekanlari va talabalar ishtirok etdilar. Ular kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish, internet va ijtimoiy tarmoqlardagi xavf-xatarlar haqida fikr yuritdilar.
Podpolkovnik Olimxon Ergashevning ta’kidlashicha, yoshlar orasida internet orqali yoyilayotgan tahdidlar, jumladan, onlayn qimor o‘yinlari va kiberjinoyatchilikning ko‘payishi jiddiy xavotir uyg‘otmoqda. Shu sababli, yoshlarning kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha profilaktika ishlari muhim hisoblanadi.