Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUga Janubiy Koreyaning Chung-ang universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari tashrif buyurdilar

09.01.2026, 12:57 Yangiliklar 174

2026-yil 6-9 yanvar kunlari TDSHUga Janubiy Koreyaning Chung-ang universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari tashrif buyurdilar.

Koreyashunoslik oliy maktabi professor-o‘qituvchilari Yunusova G.D., Shin V.A., Madaminova D.I., Mirsharipova B.A. tomonidan “Global Culture Program” doirasida tandem darslari o‘tkazildi.

Mazkur tashrif doirasida akademik tajriba almashinuvi, madaniy muloqotni rivojlantirish hamda talabalar bilim va ko‘nikmalarini xalqaro darajada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

Tandem darslaridan so‘ng talabalar o‘zaro do‘stona muhitda til almashinuvi olib bordilar, bu esa ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otib, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Kelgusida ham bunday qo‘shma loyihalarni davom ettirish rejalashtirilgan.