TDSHUga Janubiy Koreyaning “Qirol Sejong” instituti prezidenti tashrif buyurdi.
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga 2022-yil 9-noyabr kuni Janubiy Koreya Respublikasining “Qirol Sejong” instituti fondi prezidenti Li Hai-young va prezident muovini An Eun soon tashrif buyurdi.
Tashrif davomida TDSHU faoliyati bilan yaqindan tanishib, universitetda koreyashunoslik sohasini rivojlantirish borasida koreys tilini o’qitish bo’yicha hamkorlikni o’rnatish masalalarini muhokama qilish. TDSHUda koreys tilini o’qitish bo’yicha Sejong markazini tashkil etish yuzasidan kelishib olindi.
Uchrashuvdan so’ng mehmonlar Koreyashunoslik fakultetida tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashib ularning qiziqtirgan savollariga javob berishdi.