TDSHUga “TURKSOY” bosh kotibi Sultan Rayev tashrif buyurdi
BRM 17
Turkiya madaniyati xalqaro tashkiloti 1993-yilda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkmaniston va Turkiya madaniyat vazirliklari tomonidan imzolangan shartnoma va hamkorlik tamoyillariga ko‘ra tashkil etilgan edi. Xalqaro tashkilot turkiy xalqlarini birlashtirgan holda moddiy va madaniy yodgorliklarni saqlash, rivojlantirish va kelajak avlodga yetkazish ishlarida muhim omil bo‘lmoqda.
Jumladan, Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida ham “TURKSOY” bilan hamkorlik aloqalari yaqindan yo‘lga qo‘yilgan. 2022-yilning 6-iyun kunida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Gulchehra Rixsiyeva va “TURKSOY” bosh kotibi Sultan Rayev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib unda
Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan uchrashuvda tomonlar o‘zaro hamkorlik borasida muhim masalalarni muhokama qildi.
Bugun 9-sentabr sanasida ushbu kelishuv asosida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “TURKSOY” xonasi ochildi. Ochilish marosimida “TURKSOY” tashkiloti bosh kotibi Sultan Rayev hamda tashkilot vakillari ishtirok etdi.
TDSHUda yaqin kelajakda “TURKSOY” markazi ochilishi va mazkur markaz doirasida turkshunoslik sohasidagi ilmiy tadqiqot ishlarini yanada rivojlantirish, hamkorlikda ilmiy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish, talabalar va professor-o‘qituvchilarni markaz faoliyatiga jalb qilish kabilar rejalashtirildi.
Shuningdek, ochilish marosimida “TURKSOY” tashkilotining faoliyati bilan bog‘liq foto-ko‘rgazma ham tashkil etildi.