TDSHUga XXR Ta’lim vazirligi delegatsiyasi tashrif buyurdi
2024- yil 5- iyul kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Xitoy Xalq Respublikasining Ta’lim vazirligi Til va ta’lim hamkorligi markazi direktori Hu Zhiping rahbarligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Tashrif avvalida delegatsiya vakillari Universitet tarixi muzeyi hamda yo‘lga qo‘yilgan ta’lim jarayonlari bilan tanishdilar.
Universitet rahbariyati bilan o‘tkazilgan muloqotlar chog‘ida ikki tomonlama hamkorlik masalalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.
Shuningdek, uchrashuv davomida Markaziy Osiyo Konfutsiy institutlari forumiga tayyorgarlik ishlari haqida fikr almashdilar.