TDSHUga Yaponiyaning Aichi universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi
2023-yil 14-fevral kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Yaponiyaning Aichi prefekturasi universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi.
Tashrif davomida universitet rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda tomonlar universitetlar o‘rtasidagi hamkorlik masalalariga to‘xtalib, talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda professor-o‘qituvchilarning akademik dasturlar va qo‘shma ilmiy loyihalardagi ishtiroki borasida o‘zaro fikr almashildi.
Tashrif davomida talabalarga ma’ruzalar o’qish, seminar-treninglar o’tkazish, Toshkent va Samarqand shaharlari bo’ylab sayohat tashkil etish va hamkorlik doirasida turli uchrashuvlar o’tkazish rejalashtirilgan. Delegatsiya tashrifi davom etmoqda