TDSHUga Yaponiyaning “Japan Reigi-Sahou” assotsiatsiyasi delegatsiyasi tashrif buyurdi
2023- yil 28- noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga universitetning xorijiy hamkorlaridan biri – “Japan Reigi-Sahou” assotsiatsiyasi direktori Norio Amemiya rahbarligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Universitet rahbariyati bilan o‘tkazilgan muloqotlar chog‘ida ikki tomonlama hamkorlik masalalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.
Uchrashuvdan so‘ng, delegatsiya a‘zolari ishtirokida TDSHUda tashkil etilgan O‘zbekiston – Yaponiya madaniyat almashinuvi markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimida Norio Amemiya universitet Yaponshunoslik fakulteti talabalariga ma‘ruza o‘qidi.