TDSHUning masʼul guruhi Yashnaobod tumanidagi 69-maktabga tashrifi
Bugun, 14-aprelda Prezidentimizning 2020-yil 6-noyabrdagi “Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni ijrosini taʼminlash hamda TDSHUda “Ochiq eshiklar kuni”ni tashkil qilish maqsadida TDSHUning masʼul guruhi Yashnaobod tumanidagi 69-maktabda boʻlib qaytishdi. Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor A. Vohidov topshirigʻiga koʻra “Amaliyot va hamkorlik” boʻlimi boshligʻi Q. Imomnazarov, Sharq filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti dekan muovini N. Rahmatullayev va Eron-afgʻon filologiyasi kafedrasi mudiri H. Mirzaxmedovalardan tarkib topgan guruh universitetimiz toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlar bilan maktab bitiruvchilarini, abituriyentlarni tanishtirib keldilar.
Eslatib oʻtamiz: pandemiya sharoiti tufayli “Ochiq eshiklar kuni” bitiruvchilar mavjud muassasada boʻlib oʻtadi.
Tashriflar davom etadi✅