ToshDSHIga «Balkonuz» Yaponiya va O‘zbekiston qo‘shma kompaniyasi delegatsiyasi tashrif buyurdi
29-yanvarda institutimizga «Balkonuz» Yaponiya va O‘zbekiston qo‘shma kompaniyasi delegatsiyasi tashrif buyurdi. Ushbu delegatsiya a’zolari bilan rasmiy uchrashuvda Xalqaro ishlar bo‘yicha prorektor Maxmudov E. A., xalqaro bo‘lim boshlig‘i Muxisinov A., Yaponshunoslik fakulteti dekani Matchanov E.O., Yapon filologiyasi kafedrasi mudiri Xalmurzayeva N.T. qatnashdilar.
Uchrashuvda har ikkala tomon hamkorlik qilish masalalari ustida taklif va fikrlar bildirdilar. Xalqaro ishlar bo‘yicha prorektor Maxmudov E. A. Xiroshima Universitetida o‘qituvchilarning malaka oshirishlari va talabalarni stajerovka o‘tashlari borasida hamkorlik qilish taklifini berdilar. Delegatsiya rahbari Ushbu takliflarni Xiroshima Universiteti rektoriga yetkazib qo‘yishga va’da berishdi.
«Balkonuz» Yaponiya va O‘zbekiston qo‘shma kompaniyasi bevosita ish beruvchi tashkilot hisoblanadi. Shuning uchun rasmiy uchrashuvdan so‘ng «Balkonuz» Yaponiya va O‘zbekiston qo‘shma kompaniyasi raxbariyati Yapon filologiyasi kafedrasi talabalari bilan bevosita Yaponiyada ishga joylashish masalalari haqida savol javob tarzida muloqot olib bordilar.