ToshDSHIning eng yosh Yaponshunoslik fakulteti talabalarining rektor bilan ilk uchrashuvi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2019-yil 27-dekabr kuni mamlakat yoshlari bilan uchrashuvda yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan “Rektor va yoshlar” uchrashuvi doirasida joriy yilning 5-fevral kuni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektori dotsent Rixsiyeva Gulchehra Shavkatovna institutning eng yosh fakulteti hisoblangan Yaponshunoslik fakulteti talabalari bilan ilk uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Institut rektori G.Rixsiyevaning talabalar bilan bo‘lgan bu galgi uchrashuv ham ochiq, samimiy muloqot ruhida o‘tdi.Uchrashuv yakunida talabalar o‘quv jarayoni, ma’naviy-ma’rifiy ishlar, talab va takliflar bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.