Toshkent davlat sharqshunoslik instituti o‘quv binolarida hamda institutga biriktirilgan Furqat nomli istirohat bog‘ida amalga oshirilgan hashar to‘g‘risida ma’lumot va fotolavhalar
2018-yil 18-mart kuni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti o‘quv binolarida va talabalar turar joyi binosida barcha kafedralar professor-o‘qituvchilari va talabalari faol qatnashdilar. Unda binoning ichki va tashqi qismida tozalash va obodonlashtirish ishlari olib borildi. Institut binolari perimetri bo‘ylab mavjud maydonlarda yerni yumshatish, o‘g‘itlash, mevali va manzarali daraxtlar ekish, ko‘p yillik gul ko‘chatlari va gazon ekildi. Institut atrofidagi temir panjaralar bo‘yalib, daraxtlarning ostki qismi va bordyuralar oqlandi. Tashqi yoritish tizimidagi mavjud nuqsonlar bartaraf etildi. Hashar ishlari 19-mart kuni ham davom ettiriladi. Obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish oyligi davomida institutning ichki va tashqi qismidagi hududlarda bu kabi ishlar izchil davom ettiriladi.
Institutga biriktirilgan Furqat nomli istirohat bog‘ida 176 nafar professor-o‘qituvchilar faol qatnashdilar. 4,7 ga maydon tozalanib, chiqindilar olib tashlandi. Xususan, o‘yingohlar atrofi tozalanib, o‘rindiqlar yuvildi. Yo‘lak hamda maydonlar supurilib, tartibga keltirildi. Amfiteatr maydoniga o‘rindiqlar joylashtirilib, sahna bezatildi. Daraxtlarga shakl berilib oqlandi. Ariq va zovurlar tozalanib, bordyuralar bo‘yaldi. Kun davomida istirohat bog‘i va uning atrofida obodonlashtirish ishlari davom ettiriladi.