Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektori murojaati
Aziz sharqshunos talabalarimiz!
Sog’-salomat yuribsizlarmi?
Butun dunyoga xavf solayotgan koronavis COVID-19 tarqlalishining oldini olish uchun Vatanimizda eng zarur muhim choralar – karantin qo‘llanilyapti.
Bizlar karantin davrini jiddiy qabul qilishimiz shart! Afsuslar bo‘lsinki, ba’zi odamlar karantin qoidalariga rioya qilmay, ko’chaga zaruratsiz ham chiqib ketishmoqda. E’tibor bering, axborotlarda kuzatilmoqdaki, kasallanganlar bilan muloqotda bo’lgan shaxslar hisobiga virus yuqtirganlar soni ortib boryapti…
Siz o’z uyingizda qolishingiz zarur va muhim! Do’stlaringiz bilan ham vaqtinchalik uchrashmay turing!
Sizlardan so’rab qolamanki, iloji boricha ko’chaga chiqmang, o’ta zarur hollardagina ko’chaga chiqqanda (dorixona, oziq-ovqat do’konlari va kundalik zarur maishiy hamda xo’jalik vositalariga) – shaxsiy himoya vositasi (niqob) da bo’ling.
O’zingizni ehtiyot qiling, uyda qoling, vaqtida ovqatlaning, kitob o’qing va o’z ustingizda ishlang!
Sizlar uchun Ustozlaringiz saytimizdagi MOODLE tizimida tegishli fanlar bo’yicha o’quv materiallarini joylashtirish bilan mashg’ullar. Bu tizimga kirib foydalanish uchun login parolni olib ulgurmagan bo’lsangiz, @tashgivuz_bot yoki dekanatingizga murojaat qiling. MEDIA sahifalari orqali Ustozlaringiz bilan masofaviy uchrashishingiz mumkin!!! O’zimizning bazalardan tashqari Coursera.com kabi masofaviy ta’lim kurslarini o’qib zamonaviy bilimlaringizni boyiting; Scopus, Web of science singari bazalarga kirib sohangiz bo’yicha yangi ilmiy tadqiqotlar bilan tarnishing!!! Qadrli vaqtingizni behuda o’tkazmang!!!
Shuni unutmangki, har biringiz qadrdon oilangizga va menga keraksiz!! Sharqshunoslik sohasini rivojlantirish uchun katta rejalarimiz bor! Ularni amalga oshirish faqat sizlar bilan bo’ladi. Siz sharqshunoslik kelajagisiz! Barchangizni omonlikda jonajon institutimizda sog’inib kutib qolaman! Hammangizga, oila a’zolaringizga salomatlik, xotirjamlik tilayman! Biz birga yengamiz!
Hurmat bilan,
Rixsiyeva Gulchehra Shavkatovna.