Toshkent davlat sharqshunoslik instituti talabalari umumxalq hasharida ishtirok etdi
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti talaba-yoshlari 2017-yil 11–12-mart kunlari mamlakatimiz bo‘ylab amalga oshirilgan umumxalq hasharida faol ishtirok etishdi. Shu kuni talabalar bir vaqtning o‘zida institutning barcha binolari hamda talabalar turar joyi hududida ham obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib borishdi. Talabalar tomonidan 100 tub manzarali va mevali daraxtlar o‘tqazildi. Mavjud daraxtlarning ortiqcha shoxlari kesildi va oqlandi. Ochiq yer maydonlari yumshatilib, turli xil gullar ekish uchun hozirlab qo‘yildi.
Sh.Jo‘rayev