Toshkent davlat sharqshunoslik institutida Hindiston “Respublika kuni”
15-fevral kuni Janubiy Osiyo tillari kafedrasida Hindistonning Respublika kuniga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirga Hindistonning favqulotda va muxtor elchisi janob Vinod Kumar va tashrif buyurdilar. Tadbirni xindshunos olima Ulfat Muxibova olib bordilar. Tadbirni TDSHI rektori professor A.Mannonov ochib berdilar. Shundan so‘ng so‘z elchi janoblariga berildi. Janob Vinod Kumar barchani bayram bilan qutlab O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi do‘stona va diplomatik aloqalar haqida so‘z yuritdilar. Kafedra professor o‘qituvchilaridan dotsent T.Xodjayeva va katta o‘qituvchi R.B.Rahmatov ham o‘z ma’ruzalari va slayd taqdimot bilan qatnashdilar. Mazkur taqdimot talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi. Shundan so‘ng tadbirni badiiy qismiga o‘tildi. Janubiy Osiyo tillari kafedrasi talabalari o‘rtasida savol-javob (viktorina) o‘tkazildi. Viktorinani Ulfat Muhibova olib bordilar. Ular Hindiston madaniyati va adabiyotiga doir savollar bilan murojaat qildilar. To‘g‘ri javob bergan talabalar elchixona tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. 1-kurs hind-ingliz guruhi talaba qizlari ijrosida hindcha va milliy raqs ijro etildi. Tadbirni so‘ngida Elchi janoblari va institutimiz rektori tomonidan esdalik sovg‘alar bilan almashishdi.
Tadbirni so‘ngida mehmonlar bir piyola choyga taklif etildi.
Kafedra mudiri S.S.Nurmatov