Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda Koreyaning Pusan universiteti o’rtasida memorandum imzolandi.

20.09.2022, 18:51 Yangiliklar 1330

2022-yilning 20-sentabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Koreya Respublikasining Pusan shahar meriyasi xodimlari, Pusan shahar kengashidan aʼzolar, Pusan milliy universiteti va Pusan chet tillari universiteti xodimlari, o‘qituvchilari va talabalari tashrif buyurdi. Mazkur tashrif Koreya Respublikasining «Pusan – Yevroosiyo ekspedisiyasi» loyihasi doirasida amalga oshirilib, Pusan oliy ta’lim muassasalari va Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalari oʻrtasida doʻstona munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan. Koreya delegatsiyasi tashrifi davomida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Pusan chet tillari universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni o‘rnatish borasida anglashuv memorandumi imzolandi.

IMG_6159
Uchrashuv davomida koreyalik mehmonlarga Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida koreys tili va adabiyoti, Koreya tarixi, madaniyati hamda iqtisodi, siyosati, xalqaro munosabatlari bo‘yicha bilim va malakaga ega sharqshunos kadrlar tayyorlovchi, shuningdek, mazkur yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqotlar olib boruvchi Markaziy Osiyo mintaqasidagi yetakchi oliy ta’lim muassasasi ekanligi hamda hozir ushbu til TDShU tarkibidagi barcha fakultetlarda o‘qitilishi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shu bilan birga TDShU ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklari va ixtisosliklari bo‘yicha koreyashunos kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim jarayoni va bitiruvchilarning faoliyati, universitetning yangi binosi, o‘quv xonalari undagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.

241A6239

241A6285

Tanishuvdan so‘ng uchrashuvning asosiy qismida koreyalik va o‘zbekistonlik talabalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasida ekologiyaga, jumladan, atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi borasida ilmiy seminar, ma’ruza hamda taqdimotlar o‘tkazildi.

 

IMG_6180

 

241A6405