Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Koreyashunoslik fakultetida o’tkazilgan tandem darslari yakunlandi
12-yanvar kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Koreyashunoslik fakultetida Janubiy Koreyaning Chung-an universiteti professor va talabalari ishtirokidagi navbatdagi tandem darsi bo’lib o’tdi. Ushbu yakuniy dars “O‘ZBEKLARDA MEHMONGA BORISH VA DASTURXON MADANIYATI” mavzusida o’tkazildi.
Unda fakultetning ilmiy, innovatsiya va xalqaro aloqalar bo‘yicha dekan o‘rinbosari, xitoy filologiyasi kafedrasi dotsenti, PhD Shamsiyeva Shoxistaxon Qudratullayevna tomonidan mehmondorchilik an’analari va uning o’ziga xos xususiyatlari mavzusida ma’ruza qilindi. Dars davomida koreyalik talabalar bilan birgalikda mehmonga choy uzatish, dasturxon bezash kabi amaliy mashg’ulotlar ham o’tkazildi.
Yakunda tandem darslarida ishtirok etgan koreyalik talabalar sertifikatlar bilan taqdirlandi. Shuning bilan tandem darslari o’z nihoyasiga yetdi. Darslar orqali talaba yoshlar koreys va o’zbek milliy madaniyati, ikki mamlakat o’rtasidagi ahil do’stlik aloqalari haqida qator bilim va ko’nikmalarga ega bo’ldilar.