Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI VA LANZHOU UNIVERSITETI MADANIYAT MARKAZI

 1 Markaz direktori: MUSTAFAYEVA SAMIDA TOSHMUXAMEDOVNA
Qabul vaqti: Seshanba 10:00
Tel: +998977320286
e-mail: mustafaeva.samida@gmail.com

 

Markazning vazifalari

Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • Xitoy xalqining madaniyati, xitoy tilidagi adabiy, tarixiy, falsafiy manbalarni har tomonlama chuqur oʻrganishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda yurtimiz qadriyatlari va milliy madaniy merosimizni Xitoy Xalq Respublikasi merosini tadqiq etish;
  • Xitoy qadimgi va zamonaviy yangi davr madaniyatini ilmiy jihatdan oʻrganish, xitoy qadimgi va yangi davradagi an’analarni tahlil qilish, mazkur yoʻnalishda ilmiy- pedagogik xodimlarni tayyorlash hamda mahalliy va xorijiy hamkorlar bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
  • Xitoy klassik adabityoti tegishli asarlarini tarjima qilish va nashrga tayyotlash ishlarini olib borish;
  • Xitoy qoʻlyozma fondlari va arxivlaridagi mamlakatimiz tarixiga oid yozma yodgorliklar va tarixiy hujjatlar koʻlamini aniqlash, ularni oʻrganish, ilmiy-izohli nashrlarini tayyorlash, mamlakatimizdagi qoʻlyozma fondlari va muzeylarida saqlanayotgan xitoy tildagi qoʻlyozma asarlar asosida ilmiy tadqiqot ishlarini yoʻlga qoʻyish;
  • Xitoy madaniyati va merosi, xitoy tili tarixi, adabiyoti, falsafasiga oid yozma yodgorliklar tarjima loyihalarini amalga oshirish va shu soha doirasida turli darajalarda ilmiy konferensiya, seminar va davra suhbatlari oʻtkazish;
  • Buyuk ipak yo‘li davridagi qadimiy adabiyotlar va turizm manbalari almashinuvi;
  • Ikki tomonlama hamkorlikda akademik ilmiy jurnal nashrini yo’lga qo’yish;
  • Ilmiy seminarlar, davra suhbatlari va ijodiy yozuvga bagʻishlangan turli ilmiy va amaliy anjumanlar tashkil etish orqali oʻqituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar malakasini oshirib borish;
  • Universitetda davlat ilmiy dasturlari doirasida bajariladigan va ularni oʻrganishga bagʻishlangan tadqiqot ishlarni oʻz vaqtida bajarilishini monitoring qilish va ijrosini taʼminlash;
  • Markaz faoliyati bilan tanishtiruvchi materiallarni hamda soha boʻyicha erishilgan ilmiy natija hamda yutuqlarni respublika va universitet nashrlarida muntazam chop etib borish;
  • Markaz ishiga yurtimiz va chet ellarda faoliyat olib borayotgan xitoyshunoslik boʻyicha yetakchi sharqshunos olimlarni jalb qilish;
  • Jurnalistik materiallarni tayyorlash, publitistik janrdagi maqolalar yozish va ularni tahrir qilish qoidalarini oʻrganish boʻyicha mutaxassislar uchun maxsus seminar treninglar tashkil qilish;
  • An’anaviy matnlarini kreativ yondashuv asosida yozish boʻyicha amaliy treninglar tashkillashtirish;
  • –Badiiy va nasriy adabiyot boʻyicha ijod qiluvchi yosh kadrlarni dunyo tajribasi, xususan xitoy tajribasi bilan tanishtirish;
  • Badiiy ilmiy manbaalarni tarjima qilish loyihalari hamda tarjima tanqidi ustida ish olib borish; (Tayanch doktorant va doktorantlarni jalb qilgan holda);
  • Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda iqtidorli talabalar uchun insho va hikoyalar yozish boʻyicha yozgi lagerlar tashkil qilish;
  • Filologiya, jurnalistika, turizm yoʻnalishida tahsil oluvchi talabalar uchun qisqa muddatli kopiraytinglik kurslarini tashkil qilish, matnlarni kreativ yozish, turizm obyektlari boʻyicha bloglar olib borishda matnlarni toʻgʻri tanlash boʻyicha master klasslar tashkil etish;
  • Yangi davr adabiyotidagi soʻnggi tendensiyalarni yosh yozuvchilar, ssenariynavislarga oʻrgatish boʻyicha qisqa muddatli kurslar tashkil qilish, qoʻshma loyihalarni amalga oshirish;
  • Adabiy hikoyalar, romanlar yoza oladigan tadqiq, tahlil eta oladigan sharqshunos mutaxassislarni yangi avlodini shakllantirishda faol ishtirok etish;
  • Har yili muntazam ravishda ikkala tomon bakalavr, magistr, tayanch doktorant va doktorantlarni oʻzaro ta’lim almashinuvi va ilmiy-amaliy pedagogik amaliyot uchun yuborish;
  • Iqtidorli talabalar, magistrantlar, doktorantlar bilan birgalikda forum, innovatsion loyihalar ishlab chiqish, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy tadqiqot muassasalari bilan yaqin hamkorlik oʻrnatish, ilmiy seminarlar va loyihalar taqdimotlarini oʻtkazish.
  • Markaz unga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
  • Universitet ilmiy tadqiqot ishlari hamda markazning ish rejasidan kelib chiqib, tadqiqot ishlarini amalga oshiradi;
  • Xitoy madaniyati va merosining dolzarb masalalari boʻyicha seminarlar, davra suhbatlari, konferensiyalar tashkil etadi;
  • Universitetning va Markazining tasdiqlangan rejasi asosida tadqiqot natijalarini keng jamoatchilikka yetkazish uchun tahliliy maqolalar, tahliliy maʼruzalar tayyorlaydi;
  • Xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlikda oʻquv kurslarini, oʻquv adabiyotlarini tayyorlashda ishtirok etadi;
  • Universitet maqsadi va vazifalariga zid kelmaydigan boshqa tahliliy loyihalarda ishtirok etadi;
  • Markaz ishini tashkil etishga universitet professor-oʻqituvchilari, talabalari, tadqiqotchilari, magistrlarini, shuningdek, davlat boshqaruv organlarining xodimlari, tahliliy markazlarning, ilmiy muassasalarning vakillari, xorijiy davlatlarning mutaxassislarini jalb etadi;
  • Jurnalistik materiallarni tayyorlash, publitistik janrdagi maqolalar yozish va ularni tahrir qilish qoidalarini oʻrganish boʻyicha mutaxassislar uchun maxsus seminar treninglar tashkil qiladi;
  • –Reklama matnlarini kreativ yondashuv asosida yozish boʻyicha amaliy treninglar tashkillashtiradi;
  • –Badiiy va nasriy adabiyot boʻyicha ijod qiluvchi yosh kadrlarni dunyo tajribasi, xususan xitoy tajribasi bilan tanishtiradi;
  • Xitoy madaniyati va merosining turli yoʻnalishlari boʻyicha materiallar

06.11.2024, 15:16 858