Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida bojxona organlariga kadrlar jalb etish bo‘yicha workshop o‘tkazildi

30.03.2026, 17:18 Yangiliklar 46

Joriy yilning 30-mart kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi bilan hamkorlikda talaba va bitiruvchilarni davlat bojxona organlari xizmatiga jalb etishga qaratilgan seminar-trening (workshop) tashkil etildi.

Mazkur workshop doirasida Bojxona qo‘mitasining mas’ul xodimlari tomonidan bojxona organlarida xizmat o‘tashning asosiy talablari, tanlov bosqichlari, nomzodlarga qo‘yiladigan malaka va kompetensiyalar, shuningdek, xizmat faoliyatining o‘ziga xos jihatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga:
– bojxona tizimida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va istiqbolli yo‘nalishlar;
– tanlov jarayonining bosqichlari va baholash mezonlari;
– davlat xizmatiga kirishda zarur bo‘lgan hujjatlar va tartib-taomillar;
– kasbiy rivojlanish va martaba o‘sishi imkoniyatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Tadbir yakunida bojxona organlarida ishlash istagida bo‘lgan talabalar bilan dastlabki suhbatlar o‘tkazilib, ularni kelgusida tanlov jarayonlariga jalb etish bo‘yicha tegishli yo‘nalishlar belgilab olindi.

Mazkur workshop universitet bitiruvchilarining bandligini ta’minlash, ularni davlat xizmatiga yo‘naltirish hamda amaliy kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.