TDSHU da yangi talabalar turar joyining ochilish marosimi
2024-yil 10-sentabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida davlat xususiy sherikchilik asosida qurilgan yangi talabalar turar joyining ochilish marosimi bo’ldi.
Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vaziri Kongratbay Sharipov hamda vazir o’rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov ishtirok etishdi.
Universitetning Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani, Ziyolilar ko‘chasi, 33-uy manzilida barpo etilgan talabalar turar joyi 6 qavat, 400 o‘rinli 112 ta yashash xonalaridan iborat bo‘lib, xususiy tadbirkor “The New Grand House” MChJ tomonidan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida zamonaviy talablarga mos keladigan holatda barpo etilgan. Ushbu qurilishning umumiy qiymati 24mlrd so‘mdan ortiqni tashkil etadi.