Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Rossiya Federatsiyasi “Iqtisod oliy maktabi” milliy tadqiqotlar universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2023- yil 8- aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Rossiya Federatsiyasi “Iqtisod oliy maktabi” milliy tadqiqotlar universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Rossiya Federatsiyasi “Iqtisod oliy maktabi” milliy tadqiqotlar universitetining Xalqaro taʼlim markazi menejeri Kaverina Arina Aleksandrovna, “Iqtisod oliy maktabi” milliy tadqiqot universitetininig Rivojlantirish bo‘yicha menejeri Pronyakina Darya Viktorovna, universitet professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi.
Xalqaro taʼlim markazi menejeri Kaverina Arina Aleksandrovna qabul uchun samimiy minnatdorchilik bildirib, TDSHU barcha jabhada sharqshunos kadrlarni yetishtirish borasida yetakchi oliy taʼlim muassasasi ekanligini taʼkidladi.
Uchrashuv davomida iqtisodiyot, taʼlim, siyosatshunoslik, tarix hamda sharqshunoslik yo‘nalishlari bo‘yicha yaqindan hamkorlik qilish va talabalarni hamkorlikda amalga oshiriladigan ilmiy loyihalarga faol jalb etish borasida fikr almashildi.
Shundan so‘ng, “Iqtisod oliy maktabi” milliy tadqiqotlar universiteti vakillari tomonidan “Iqtisod oliy maktabi” milliy tadqiqot universitetida taʼlim olish va ilmiy tadqiqotlar olib borish imkoniyatlari” mavzusida taqdimot o‘tkazildi.