Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga 13- iyun sanasida Pokiston Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ahmed Faruq tashrif buyurdi
2023- yil Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga 13- iyun sanasida Pokiston Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ahmed Faruq tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, Pokistonning taniqli allomalarini TDSHUga taklif etish hamda TDSHU bazasida tashkil etilgan Pokiston markazi hamda “Urdu Club” xonalarining faoliyatini kengaytirish borasida muzokaralar olib borildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha “Chora-tadbirlar rejasi”ni ishlab chiqishga kelishib oldilar.
Tashrif yakunida Elchi janoblari Pokiston markazi hamda “Urdu Club” faoliyati bilan yaqindan tanishdi.