Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Yangjou universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi

2023-yilning 29-sentabr sanasida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Xitoy Xalq Respublikasining Yangjou universiteti vitse-prezidenti Gong Weijuan boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Tashrif chog’ida ikki tomonlama hamkorlik masalalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.