Turizm qoʻmitasi raisi bilan Yosh turizm elchilari Kengashi a’zolari ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi
#Turizm_TDSHU
2024-yil 13-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasi raisi Umid Shodiyev hamda Respublika Yosh turizm elchilari Kengashi a’zolari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Ushbu uchrashuvda universitetnig faol talabalari ham ishtirok etdi.
Uchrashuvda, Turizm qoʻmitasi raisiga, Respublika Yosh turizm elchilari kengashi raisi, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Yoshlar yetakchisi Komiljon Suyarov tomonidan kengash tarkibi hamda faoliyati haqida umumiy ma’lumot berildi. Muloqot davomida Yosh turizm elchilari Kengashining keyingi faoliyatida amalga oshirishi kerak boʻlgan ishlari muhokama qilindi.
Shundan soʻng, Umid Rustamovich kengash a’zolarining fikr va takliflarini tingladi. Jumladan, kengash a’zolari tomonidan “BMT Modeli (MUN)”, “Munozara” loyihasi, “Talabalar turizm forumi” boʻyicha takliflar berildi, barcha takliflar qoʻllab-quvvatlandi hamda amaliyotga tadbiq etish boʻyicha tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.