Turkiy kengashga a’zo davlatlar universitetlarining beshinchi Assambleyasi yig‘ilishi
Ayni damda, Qozog‘istonning Turkiston shahrida joylashgan “Xo‘ja Ahmad Yassaviy” nomidagi Xalqaro qozoq-turk universitetida Turkiy kengashga a’zo davlatlar universitetlarining beshinchi Assambleyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur yig‘ilishda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Rixsiyeva Gulchehra Shavkatovna o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etmoqda.
Beshinchi Assambleyaning asosiy maqsadi fan, ta’lim, sport va madaniyat sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va Orxun jarayoni bo‘yicha akademik almashinuvning yangi imkoniyatlarini muhokama qilishdan iborat.
TDSHU Matbuot xizmati