Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Turkshunoslik oliy maktabi ustozlari Qozog‘iston Respublikasi Xo‘ja Ahmad Yassaviy nomidagi Qozog‘-Turk universitetida

09.12.2025, 17:26 Yangiliklar 167

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Turkshunoslik oliy maktabi a’zolari Qozog‘iston Respublikasi Xo‘ja Ahmad Yassaviy nomidagi Qozog‘-Turk universitetiga tashrif buyurdilar.

Tashrif doirasida ular moliya ishlari bo‘yicha prorektor Dr. Mustafa Giritlioğlu, Filologiya fakulteti dekani PhD, dotsent Abdulqodir O‘zturk, Turk tili va adabiyoti kafedrasi mudiri PhD Senbek Utebekov hamda Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Furqatbek Dadajonov bilan uchrashdilar.

Shuningdek, Filologiya fakulteti talabalariga Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Turkshunoslik oliy maktabi faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun ma’ruza ham o‘qildi.