Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Universitet bitiruvchilari bandligini ta’minlashda muhim natija

01.04.2026, 10:31 Yangiliklar 113

Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan tashkil etilgan ikki kunlik tanlov yakunlariga ko‘ra, universitetimizning 30 dan ortiq bitiruvchi bosqich talabalari saralash jarayonlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, ish bilan ta’minlandi.

Jarayon davomida universitet Karyera markazi tanlov jarayonida ishtirok etib, ish beruvchi bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Shuningdek, tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan bitiruvchilar uchun yaratiladigan mehnat sharoitlari o‘rganilib, ularning kasbiy faoliyatini samarali boshlashiga ko‘maklashish borasida tizimli ishlar amalga oshirildi.