Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Universitet Kengashining 1-sonli kengaytirilgan yig‘ilishi bo’lib o’tdi

30.08.2025, 13:42 Yangiliklar 869

2025-yilning 30-avgust kuni universitet Kengashining 1-sonli kengaytirilgan yig‘ilishi bo’lib o’tdi

Kengash davomida 2025/2026 o‘quv yilida TDSHU jamoasi oldida turgan ma’naviy-ma’rifiy, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlaridagi muhim vazifalar xususida so’z yuritildi.

Shuningdek, TDSHU talabalarini turar joy bilan ta’minlash, ijara uylariga joylashtirish va to‘lov miqdorini belgilash xususida ma’ruza tinglandi.
Shu bilan birga, 2025-yil 4-chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul bo‘yicha o‘tkazilgan imtihon natijalari va DSc mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish to‘g‘risida axborot berildi.

TDSHU Kengashining 2025/2026 o‘quv yili rejasi hamda universitet prorektorlarining yillik ish rejalari, universitet tarkibiy tuzilmasidagi institut, fakultetlar, bo‘linmalarning hamda ilmiy markazlarning bir yillik ish rejalarini tasdiqlash ishlari olib borildi.

 

Kengash davomida sharq davlatlarida milliy identiklik evolyutsiyasi va transformatsiyasi masalasi ko’rib chiqildi hamda ilmiy unvonga tavsiya qilingan nomzodlar e’lon qilindi.