Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Universitet Kengashining 7-son yig‘ilishi boʻlib oʻtdi

28.02.2026, 16:09 Yangiliklar 51

2026- yil 28-fevral kuni universitet Kengashining 7-son yig‘ilishi boʻlib oʻtdi

✔️ Majlis davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Hukumat qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Hay’at qarorlari va buyruqlari, Kengash qarorlari ijrosi kabi masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, 2025/2026- o’quv yili uchun Prezident va nomli davlat stipendiya g’oliblariga guvohnomalar topshirildi.

Kengashda huquqbuzarlikka moyilligi bor va ichki-tartib qoidalarga rioya etmayotgan talabalar bilan ishlashda ta’sirchan choralarini amalga oshirish masalalari hamda 2025/2026o‘quv yili kuzgi semester yakunlari muhokama qilindi.

2026-yil 2-chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul bo‘yicha o‘tkazilgan imtihon natijalari hamda 2026-yil DSc doktoranturaga qabul suhbati Shu bilan birga, 2025/2026-o‘quv yilining birinchi yarim yillik shartnoma mablag’larini undirilishi va qarzdorlik to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Yakuniy nazorat bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlarida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan choralar xususida ham so’z yuritildi.