Universitetimizda “Turkiya tashqi siyosati” mavzusi doirasidagi turkum ma’ruza mashg‘ulotlari o‘tkaziladi
⚡️⚡️2020-yilning 3-noyabridan 2021-yilning 20-apreliga qadar Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi Elchixonasining 3-kotibi, siyosiy masalalar bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Mehmet Kaan Bakkalbashining Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti turkshunos talabalariga “Turkiya tashqi siyosati” mavzusi doirasidagi turkum ma’ruza mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.
Mehmet Kaan Bakkalbashi Buyuk Britaniyaning Darem universiteti bakalavr hamda Iqtisodiyot va siyosat bilimlari London maktabi (LSE) magistratura bosqichlarini bitirgan.