Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHU Xotin-qizlar kengashi raisi va lider qizlar uchrashuvi

BMTning 17ta Barqaror Rivojlanish Maqsadlarining 5-yo‘nalishi “Gender tengligi” doirasida 2022-yil 22-noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Xotin- qizlar kengashi raisi Sh.Zaynutdinova bilan Sharq filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti lider talaba-qizlari bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida talaba qizlarga “Gender tenglik” tushunchasi va unga  doir maʼlumotlar berib o‘tildi. Shu bilan birga so‘nggi yillarda O‘zbekistonda gender tenglikni taʼminlash, ayollarning ijtimoiy va siyosiy hayotdagi rolini oshirish bo‘yicha ishlar olib borilayotgani, shu jumladan ayollar huquqlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, ayollarni himoya qilish, aholining gender tenglik va ayollar huquqlarini taʼminlash, xususan, ayollarni zo‘ravonlik va zulmdan himoya qilish, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish maqomini kuchaytirish hamda gender tengligini joriy qilish nuqtai nazaridan taʼlimdagi ijobiy o‘zgarishlar alohida taʼkidlab o‘tildi.

Tadbir so‘ngida qizlarning talab va takliflari bo‘yicha fikr almashildi, kerakli savollarga javob berildi.

photo_2023-08-04_22-04-10

04.08.2023, 22:10 826