Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Talabalar uchun imkoniyatlar

2023-yil 20-sentabr sanasida Japan Digital University va Yaponiyaga qiziqishi bor bo‘lgan talabalar TDSHUda seminarlarda qatnashdilar. Ushbu seminarlarda Yaponiyaning nufuzli universitetlarining qatorida turuvchi Waseda University oliy o‘quv yurtida tijorat yo‘nalishini tamomlab, bakalavr darajasini olgan janob Toshiaki Tateishi ham ma’ruza bilan ishtirok etdi. Toshiaki Tateishi hozirda Mandara Net Ltd., Internet-kontent xavfsizligi assotsiatsiyasilari vakili, Yaponiya internet provayderlari assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari va ijrochi direktori, Higashi Aba Cable Television Inc. va Yaponiya IT tashkilotlari federatsiyasi direktori hisoblanadi.

Seminarlar quyidagi mavzular bilan bo‘lib o‘tdi:

  1. Yaponiyada faoliyat olib borishda qo‘llaniladigan texnologiyalar;
  2. Kunchiqar mamlakatning tez suratda o‘sib borayotgan so‘nggi avlod IT texnologiyalari.

Ushbu seminarlar, ayniqsa, IT sohasida kelajagini qurmoqchi bo‘lganlar uchun foydali bo‘ldi.

photo_2024-05-28_10-05-42

28.05.2024, 10:06 91