Inson huquqlari deklaratsiyasi qabul qilinganligiga bag’ishlangan tanlovda faxrli 2-o’rin
6-dekabr kuni ToshDSHIning Jahon siyosati yo’nalishi talabalari Inson huquqlari deklaratsiyasi qabul qilinganligiga bag’ishlangan tanlovda faxrli ikkinchi o’rinni egalladilar.
Tashqi ishlar vazirligi tashabbusi bilan Yoshlar ijod saroyida bo’lib o’tgan intellektual bellashuvda ToshDSHI talabalari bilan birga Toshkent davlat yuridik instituti, Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, O’zbekiston Milliy universiteti, Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti vakillari ishtirok etishdi.
Tanlov savollari talabalarning xalqaro, Yevropa va milliy darajada inson huquqlari sohasidagi huquqiy bilimlarini oshirishga yordam berdi.
G’oliblarni ushbu tadbir tashkilotchilari – Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi, Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazi, “Yuksalish” milliy harakati va Yoshlar ittifoqi delegatlari taqdirladilar.
ToshDSHI talabalarini Koreysshunoslik fakulteti o’qituvchisi Nikolaeva Kamila Sergeevna bellashuvga tayyorladi.