Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Chirchiq shahar 18-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabiga TDSHU Xitoy filologiyasi kafedrasi o‘qituvchilari tashrifi

23.11.2022, 14:42 Yangiliklar 2002

BRM 4

Bugun, 23 may kuni TDSHU, “Xitoy filologiyasi” kafedrasi professor o‘qituvchilari-filologiya fanlari nomzodi, professor A.Karimov, filolgiya fanlari doktori (DsC) J.Ziyamuxamedov hamda filologiya fanlari buyicha falsafa doktori (PhD) F.Xasanova va o‘qituvchi D. Raxmatullayevalar Chirchiq shahridagi 18-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabiga tashrif buyurishdi.

Maktabda Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining “Xitoy filologiyasi” kafedrasi filiali ochildi. Maktabga kafedra professor-o‘qituvchilari nashr etgan kitoblar taqdim etildi. Xitoy tili bo‘yicha tahsil olayotgan o‘quvchilar bilan suhbat uyushtirildi. Kelgusida taʼlim sifatini ko‘tarish va yuqori natijalarga erishish yo‘lida ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha kelishib olindi.

chirchiq 18 Dilshoda2 chirchiq 18 Dilshoda5