Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Diniy ekstremizm, terrorizm va uning salbiy oqibatlari

10.02.2017, 18:13 Yangiliklar 8469

Toshkent davlat sharqshunoslik institutida professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar o‘rtasida “Diniy ekstremizm, terrorizm va uning salbiy oqibatlari” mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2017-yil yanvar-mart oylari davomida manfaatdor idoralar bilan hamkorlikda oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash va uning salbiy oqibatlari oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni kuchaytirish maqsadida “Diniy ekstremizm, terrorizm va uning salbiy oqibatlari” mavzusi doirasida uchrashuvlar o‘tkazilishi belgilangan.
Bugun dunyodagi siyosiy vaziyatni kuzatar ekanmiz, turli xil mafkuraviy kurashlarning maydoniga aylanib, xonavayron bo‘lgan mamlakatlardagi ayanchli manzaralar va ularda minglab begunoh insonlarning qurbon bo‘layotgani insonni jumbushga soladi.
Muqaddas islom dinining asl mohiyatini tushunib-tushunmay, o‘zini haq yo‘ldaman deb turli buzg‘unchi, yovuz kuchlarning ta’siriga tushib qolib, o‘z kindik qoni to‘kilgan yurtiga hiyonat qilayotganlar afsuski oramizda uchrab turibdi. Qachonki inson o‘z qalbiga ma’rifatni, insoniylik va yuksak bilimni jo qilmas ekan, diniy ekstremizm, terrorizm kabi balolarga duchor bo‘laveradi.
Darhaqiqat, Mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov dunyo miqyosida hali ko‘plab qo‘poruvchilik, xunrezliklar yuz bermasdan turib, bu xavfni ilg‘agan va jahon jamoatchiligini unga qarshi birgalikda keskin choralar bilan kurashishga da’vat etgan edi.
Mamlakatimizda mazkur illatlarga qarshi kurashish davlatimiz va hukumatimiz oldida turgan eng muhim masaladir.
Bu borada olib brilayotgan ishlar ko‘lamini oshirish maqsadida diniy ekstremistik oldini olishga qaratilgan harakatlar bo‘yicha mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini talaba-yoshlarga yanada chuqurroq tushuntirish va targ‘ib qilish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda mutassadi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, Toshkent shahridagi barcha oliy ta’lim muassasalarida tushuntirish-targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.
Mazkur tadbirning navbatdagisi 2017-yil 9-fevral kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institut professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirok etdi.
Tadbirda diniy ekstremizm, terrorizm va uning salbiy oqibatlari haqida hamda uning domiga tushib qolganlarning ayanchli taqdiridan misollar keltirish asnosida tushuntirildi. Bunday hunrezliklarga qarshi kurashishda yoshlarning ham o‘rni beqiyosligi ta’kidlab o‘tildi. Tadbir qizg‘in bahs-munozara tarzida o‘tib, talaba-yoshlar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javoblar olishdi.
Tadbir so‘ngida diniy ekstremizm va terrorizmni salbiy oqibatlarini aks ettirgan “Qiyomatga qolgan qarz” nomli film namoyish etildi.

IMG_9893

IMG_9808