Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

⚡️Oliy ta’lim muassasalariga kirishda grant sonlari 25%ga oshiriladi

29.12.2020, 20:25 Yangiliklar 3424

⚡️Oliy ta’lim muassasalariga kirishda grant sonlari 25%ga oshiriladi

Prezident oliy ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha rejalarga to‘xtaldi. Unga ko‘ra, OTMlarga kirishda grant kvotalari 25 %ga oshiriladi.

OTMga qabul qilishda ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar soni 2 baravarga ko‘tarilib, 2000taga yetkaziladi.

Alo bahoda o‘qiyotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar uchun maxsus stipendiyalar joriy etiladi.

Xususiy oliygohlarga mutaxassislar tayyorlash uchun davlat buyurtmasi beriladi.

65 ta akademik litsey oliy o‘quv yurtlari tasarrufiga o‘tkaziladi;

187 ta texnikum ham o‘z yo‘nalishi bo‘yicha turdosh oliygoh va tarmoq korxonalariga biriktiriladi;

“El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali yetakchi xorijiy oliy o‘quv yurtlarining magistratura va doktoranturasida o‘qishga yuboriladigan yoshlar soni 5 barobarga oshiriladi;

30 ta yetakchi OTMga o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, qabul kvotasi va moliyaviy masalalarni mustaqil hal qilish huquqi beriladi;

“Fizika” va “Xorijiy tillarni o‘qitish” keyingi yil uchun ustuvor fan yo‘nalishlari sifatida belgilandi;

raqobatbardosh milliy kadrlarning yangi avlodini tayyorlash maqsadida Toshkent shahrida alohida universitet tashkil etiladi;