❗️E’LON
❗️E’LON:
🔰Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasasalarini 2019/2020 o‘quv yili bitiruvchilari uchun diplomning elektron nusxasini olish imkoniyati yaratildi.
🔰Xizmatdan foydalanish uchun quyidagi harakatlarni bajaring:
👉1) diplom.edu.uz veb-saytiga kiring. Ekraningizdagi paydo bo‘lgan sahifaning «JShShIR» qismida pasportingizdagi tegishli ma’lumotni kiriting va «Tekshirish» tugmachasini bosing.
👉2) Keyingi sahifada bitiruvchining shaxsiy ma’lumotlari aks etadi. Agarda mazkur sahifaning «Diplom raqami» qismida ma’lumotlar mavjud bo‘lsa, «Diplom nusxasini ko’chirib olish» tugmachasini bosing.
📲Mabodo, «Diplom raqami» qismida ma’lumotlar aks etmasa, o‘zingiz tamomlagan oliy ta’lim muassasasiga murojaat qiling.
📚Bakalavriat bitiruvchilari diplom va uning ilovasi elektron nusxalari bilan magistr.edu.uz veb-platformasi orqali 2020/2021 o‘quv yili uchun magistraturaga onlayn hujjat topshirishlari mumkin.
__________________________________
Yangilikni bitiruvchi yaqinlaringizga ulashing: t.me/otm_info