«1-oktabr – O’qituvchi va murabbiylar kuni» bayrami davom etmoqda
2018-yilning 2-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida «1-oktabr – O’qituvchi va murabbiylar kuni» umumxalq bayrami munosabati bilan institutning professor-o’qituvchilari, xodimlari va mehmonlar uchun «Bayram dasturxoni» yozildi. Qadrli ustoz va murabbiylar jonli ijrodagi kuy va qo’shiqlar navosi ostida mazali osh va noz-ne’matlardan bahramand bo’dilar.




