Ikkinchi mutaxassislik
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETIDA
IKKINCHI MUTAXASSISLIK BO‘YICHA OLIY TA’LIM
OLISH UCHUN HUJJATLARINI
ikkinchtalim.edu.uz PLATFORMASI ORQALI
ONLAYN QAYDDAN O‘TKAZGAN QUYIDAGI FUQAROLAR UNIVERSITET QABUL KOMISSIYASIGA
2020-YIL 19-OKTABRIDAN 21-OKTABRIGACHA RO‘YXATDAGI SHAXSIY HUJJATLARINI TAQDIM ETISHLARI SO‘RALADI:
- Universitet rektorinomiga ariza;
- Oliy ma’lumot to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom (asl nusxasi) ilovasi bilan. Xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarining 1992 yil may oyidan keyin berilgan diplomlari belgilangan tartibda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim;
- 12 dona rangli 3,5×4,5 sm xajmdagi fotosurat (oq fonda);
- Pasportdan 6 nusxa (asli shaxsan ko‘rsatiladi)
- Harbiy xizmatga aloqadorlik to‘g‘risidagi hujjatning 2 nusxasi (hujjatning asli shaxsan ko‘rsatiladi);
- Fuqaroning STIRdan 2 nusxa
- A5 o‘lchamidagi konvert
- Hujjatjild (skorosshivatel)
TO‘LOV-SHARTNOMANI RASMIYLASHTIRISH TARTIBI
To‘lov-shartnomalar universitet moliya reja bo‘limi tomonidan rasmiylashtiriladi. To‘lov-shartnomani rasmiylashtirish uchun universitetga tashrif buyurganda shartnomaning qaysi turini rasmiylashtirishni aniqlashtirib kelish kerak. To‘lov-shartnoma asosida mutaxassis tayyorlash uchun abituriyent va universitet o‘rtasida tuziladigan shartnomaning 3 turi mavjud.
- Ikki tomonlama shartnoma – agar abituriyent naqd, plastik kartochka yoki ta’lim krediti asosida shartnoma pulini to‘lamoqchi bo‘lsa;
- Uch tomonlama shartnoma – agar abituriyent korxona, tashkilot va muassasalar yoki boshqa yuridik shaxslar orqali pul ko‘chirish yo‘li orqali shartnoma pulini to‘lamoqchi bo‘lsa;
- Uch tomonlama shartnoma – agar abituriyent ota-onasi yoki o‘zining ish haqi asosida shartnoma pulini to‘lamoqchi bo‘lsa;
Qabul komissiyasi universitetning Shahrisabz ko‘chasi, 25-uyda joylashgan o‘quv binosida ishlaydi.