TDSHUda 19-yanvardan “Misr oyligi” boshlanadi
2021-yil 23-yanvarda O’zbekiston Respublikasi va Misr Arab Respublikasi o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar o’rnatilganiga 29 yil bo‘ladi. Shu munosabat bilan, joriy yilning 19-yanvar kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Misr Arab Respublikasining O’zbekistondagi elchixonasi va Helvan universiteti ko’magida “Misr oyligi” boshlanadi. Tadbir doirasida “Misrning tashqi siyosati”, “Misrdagi turizm va mehmondo’stlik” kabi mavzularda turkum ma’ruzalar o’qiladi. Qolaversa, arab tilida so’zlashuv musobaqasi ham bo’lib o’tadi. Unda talabalarning arab tilidagi ijodiy chiqishlari va ularning Misr haqidagi bilimlari namoyish etiladi.
https://www.uza.uz/uz/posts/tdshuda-misr-oyligi_234734
Universitet matbuot xizmati