Hindiston Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Manish Prabhat TDSHUga ikkinchi bor tashrif buyurdi
Bugun 2021-yil 19-yanvar kuni universitetda Mahatma Gandi nomidagi hindshunoslik markazida Hindiston Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorligida “Xalqaro hindiy tili kuni” nishonlandi.
Tadbirda Hindiston Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Manish Prabhat, La’l Bahodur Shastri nomidagi Hindiston madaniyat markazi direktori Chandra Shekxar, universitet hindshunos professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdi. Hindistondan Markaziy hindiy tili instituti direktori o‘rinbosari Anil Sharma ham tadbirda online tarzda qatnashdi. Uchrashuvni universitet rektori G.Sh.Rixsiyeva kirish so’zi bilan ochib berdi va hindshunos olimlar U.Muhibova hamda T.Xo‘jayeva muallifligida elchixona homiyligida nashr etilgan “Hindiston adabiyoti” nomli monografiya haqida so’z yuritdi.
Shuningdek, universitet talabalari tomonidan namoyish etilgan saxna chiqishlari mehmonlarga yanada xushkayfiyat baxsh etdi.
https://uza.uz/uz/posts/universitetda-hindiy-tili-kuni-nishonlandi_235357
Universitet matbuot xizmati