O‘zbekistondagi Afg‘oniston Islom Respublikasi Elchixona maslahatchisi Ajmin Amin tashrif buyurdi
Bugun, 2021-yil 25-yanvar kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga O‘zbekistondagi Afg‘oniston Islom Respublikasi Elchixona maslahatchisi Ajmin Amin tashrif buyurdi.
Mehmonni universitet rektori G.SH.Rixsiyeva, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor E.A.Maxmudov, Sharq filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti dekani I.Y.Bultakov, Eron-afg‘on filologiyasi kafedrasi mudiri H.V. Mirzaxmedova kutib olishdi.
Tashrif davomida martabali mehmon bilan hamkorlik borasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash haqida suhbatlashildi. Shuningdek, O‘zbekistondagi Afg‘oniston Islom Respublikasi Elchixona maslahatchisi Ajmin Amin universitet talabalari uchun Afg‘oniston Fanlar akademiyasi tomonidan til, adabiyot, falsafa va tarix sohalarida tadqiqot qilingan va nashr etilgan ilmiy adabiyotlar hamda jurnallarni taqdim etdi.
https://www.uza.uz/uz/posts/236685
Universitet mabuot xizmati