“Yangi O‘zbekistonning iste’dodli yoshlari” tanlovining g’oliblari
![](https://tsuos.uz/wp-content/uploads/2021/01/D41F52C2-6B4A-495F-A103-2D4820B2DB5B-1024x768.jpeg)
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi va O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida ikki yildan buyon talabalar, doktorantlar va tadqiqotchilar o‘rtasida “Yangi O‘zbekistonning iste’dodli yoshlari” nomli yilning eng yaxshi maqolasi tanlovi o’tkazilib kelinmoqda.
🏛 Navbatdagi tanlovda Respublika miqyosida 500 dan ortiq maqolalar taqdim etilgan bo’lib, ulardan 44 nafari eng yaxshi maqola deb topildi.Undan 6 nafari TDSHUning talaba va doktorantlarini tashkil etadi.
2021-yil 28- yanvar kuni TDSHU rektori G. SH. Rixsiyeva tanlov g’oliblarini tabriklab, kelgusidagi faoliyatlarida omad va muvofaqiyat tiladi.
Universitet matbuot xizmati