Ayni damda Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Alisher Navoiy dunyo sharqshunoslari nigohida” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanning ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda
🔰 Ayni damda Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Alisher Navoiy dunyo sharqshunoslari nigohida” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanning ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-oktabrdagi “Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi PQ-4865 sonli qaroriga binoan tashkil etilgan mazkur anjuman TDSHU rektori Gulchehra Rixsiyeva tomonidan kirish so‘zi bilan ochib berildi.
📌 Eslatib o‘tamiz, xalqaro anjumanda O‘zbekiston, AQSH, Fransiya, Shvetsiya, Vengriya, Turkiya, Rossiya, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Tojikiston, Hindiston, Pokiston, Misr, Eron, Afg‘oniston kabi o’n beshdan ziyod mamlakatlarning 60 ta oliy o‘quv yurti va tashkiloti nomidan 130 nafar ma’ruzachi so‘zga chiqadilar hamda xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi diplomatik korpus vakillari tadbir ishtirokchilariga tabrik murojaatlari bilan ishtirok etadilar.
Universitet matbuot xizmati