Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“XXI asr ilm – fani va ta’lim sohasida ayollar: yutuqlar va muammolar’’ mavzusidagi xalqaro onlayn davra suhbati bo‘lib o‘tdi

11.02.2021, 16:31 Yangiliklar 3562

Bugun, 2021-yil 11-fevral kuni TDSHUda “XXI asr ilm – fani va ta’lim sohasida ayollar: yutuqlar va muammolar’’ mavzusida xalqaro onlayn davra suhbati tashkil etildi.

2015-yil 22–dekabr kuni  BMT Bosh Assambleyasining yalpi majlisida 11 – fevral “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” sifatida  e’lon qiluvchi rezolutsiya qabul qilindi. Rezolutsiyaning asosiy maqsadi ayollar va qizlarning ilmiy faoliyatga jalb etishdir.  Shu munosabat  bilan universitetda tashkil etilgan bugungi tadbirni TDSHU rektori Guchexra Rixsiyeva  kirish so‘zi bilan ochib berdi va TDSHU boshqaruvida ham ayollar salmoqli o‘rin tutishini alohida ta’kidlab o‘tdi. Masalan, universitetdagi 25 ta kafedraning 16 nafarini, 11 ta bo‘lim hamda 1 ta fakultetni ayollar boshqarayotganini o‘z nutqida keltirib, navbatni konferensiya qatnashchilariga berdi. Bugungi tadbirda O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisi senati xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo’mitasi raisi M.A.Qodirxonova, O’zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri birinchi o’rinbosari SH.U.Turdiqulova,  O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi  ijtimoiy gumanitar fanlar bo’limi boshlig’i  A.N.Mustafayeva, “G.V. Plexanov” nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali direktori, iqtisod fanlari doktori, professor Q.X.Abduraxmanov, O‘zMU professori Respublika «Olima ayollar» uyushmasi raisi R.X.Murtazayeva, Xalqaro Baltika akademiyasi prorektori Inna Stetsenko, Belgian Education Council direktori A.Pozdnyakova, Anqara universiteti professori A.Uzdjan,  Xankuk chet tillar universiteti professori Li Dji In, Yelena – PhD, Leyden universiteti professori Y. Paskaleva,  Landjou universiteti professori D.Syao, RF ITU Oliy ekonomika maktabi Perm filiali ijtimoiy-gumanitar fakultet dekani Dinara Gagarina,  Qozog‘iston Respublikasi Yoshlar korpusini rivojlantirish loiyhasining monitoring va baholash bo‘yicha mutaxassisi K. Kovyazinai, “G.V. Plexanov” nomidagi RIU Toshkent fililali, Raqamli iqtisodiyot va moliya fakulteti dekani F.Sidikova, O‘zbekiton Respublikasi davlat boshqaruv akademiyasi tayanch doktoranti, Oliy Majlis Senati Yoshlar parlamenti raisi M. Muxammadyunusova  o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.  Shuni ham alohida ta’kidlashimiz joizki onlayn o’tkazilgan  ushbu tadbirda oliy ta’lim muassasalaridan 400 dan ziyod olima ayollar, xotin-qizlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida ayollar shaaniga chiroyli so’zlar , maqtovlar aytilib ularning naqadar aziz va mo’tabarligi, “Ayol” degan so’zning o’zida qanchadan-qancha go’zalliklar, mehr, latofat, samimiylik kabi betakror hislatlar mujassamligiga bugungi uchrashuv davomida yana bir bor iqror bo’ldik. Chindan ham, so’nggi yillarda ayollarga bo’lgan e’tibor tobora ortib bormoqda. Davlat tashkilotlarida ayol rahbarlar soni ortayotgani ham so’zimiz dalilidir. Qolaversa bunday e’tibor       dunyo miqyosida ham yuksalayotganini xorijiy  anjuman qatnashchilarining nutarida ham guvohi bo’ldik.

Ushbu davra suhbati O’zbekiston Respulikasidagi oliy o’quv yurtlari miqyosida ilk marotaba TDSHUda  tashkil etilganini   barcha qatnashuvchilar alohida ta’kidladilar. Shuningdek, bundan juda ma’mnun bo’lganliklari va undan ko’plab taassurotlar, ma’lumotlar olganliklarini aytdilar. Uzoq davom etgan davra suhbati so’ngida  qatnashuvchilar mavzuga oid fikr va mulohazalarini onlayn, Zoom platformasi orqali bildirdilar.

EADA9EDC-654E-4EE6-8EAF-4D7AF6F964C0

E151295B-BCA0-4A14-9E17-853E35BE8DEF

371BCD01-7C81-4D0B-9843-3404DCD4AD1E

444

222

EB086A4C-CDCF-4C34-8AF4-94150F3789139C41846D-8583-43BB-A200-9E311026C9E0

Universitet matbuot xizmati