YUNЕSKO tashkiloti tomonidan “21-fevral –Xalqaro ona tili kuni”, deb e’lon qilingan va shu munoasabat bilan tashkil etilayotgan vebinarga taklif etamiz
YUNЕSKO tashkiloti tomonidan “21-fevral –Xalqaro ona tili kuni”, deb e’lon qilingan hamda ushbu sana har yili a’zo-davlatlar bilan hamkorlikda turli mavzular ostida nishonlanib kelinmoqda. Xalqaro ona tilikunini joriy yil “Ko‘p tillilikni ta’lim va jamiyatga joriy etish” mavzusida nishonlash taklif etilgan.
Mazkur sana doirasida 2021-yil 19-fevral kuni (Toshkent vaqti bilan) soat 14:00 da YUNЕSKO tashkiloti Xalqaro ona tili kuniga bag‘ishlangan vebinar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Ushbu vebinarda universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etishlari tavsiya etiladi.
Vebinarda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tish lozim:
https://unescoorg.zoom.us/webinar/register/WN_L44NOqccRHKddCKqGM9b0A
Universitet matbuot xizmati