Yaponshunoslik haftaligi doirasida tashkil etilgan tadbir.
🇺🇿2021-yil 23-fevral kuni «Yapon tili notiqlik san’ati» tanlovi bo’lib o’tdi. Bu tanlovda jami 25 ta talaba o’z nutqlari bilan qatnashdilar.
Ushbu tanlovda talabalar quyidagi natijalarga erishdilar.
🥇1-o’rin: Filologiya yo’nalishi 1-bosqich talabasi Jamoliddinov Asadbek «Bola kabi o’spirin».
🥈 2-o’rin: Filologiya yo’nalishi 3-bosqich talabasi Imonboyev Mohir «Nutq so’zlaganda».
🥉3-o’rin: Filologiya yo’nalishi 3-bosqich talabasi Umarov Otabek «Biz e’tibor bermaydigan narsalar». Barcha qatnashchi va yuqori o’rin olgan talabalarga mukofot va esdalik sovg’alar topshirildi. Bu talabalar 2021-yil 17-aprel kuni Respublika miqyosida bo’lib o’tadigan Notiqlik san’ati tanlovida universitetimiz nomidan qatnashadilar.
