«Mustabid imperiyaning intihosi» mavzusidagi yakuniy nazorat ishi: 10-an’anaviy ochiq dars taqdimoti bo’lib o’tdi
Bugun, 2021-yil 2-mart kuni Muqumiy nomidagi О’zbek davlat musiqali drama teatrida TDSHUning Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va etnologiyasi kafedrasi 4-bosqich talabalarining Markaziy Osiyo xalqlari tarixi fanidan «Mustabid imperiyaning intihosi» mavzusidagi yakuniy nazorat ishi: 10-an’anaviy ochiq dars taqdimoti bo’lib o’tdi.
Unda talabalar 1917-yil fevral inqilobidan to bugunga qadar bo’lgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy sohalarga oid voqealarni sahna ko’rinishida namoyish etib yakuniy nazorat ishini olgan bilimlari va iqtidorlari bilan namoyish etdilar.
Sahna chiqishlarini Markaziy Osiyo xalqlariga kiruvchi mamlakatlar ya’ni Qozog’iston, Qirg’iziston, Turkmaniston, O’zbekiston, Tojikiston voqealari misolida ko’rsatdilar. Ayniqsa, tarixiy mashhur kinofilimlarni dars jarayonlari bilan uyg’unlashtirilgan holda tashkil etilgani tomoshabinlarning qarsaklariga sazovor bo’ldi.