Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Yosh sharqshunoslarning V-forumi” tashkil etilmoqda

04.03.2021, 00:41 E'lonlar 3799

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti sharqshunos olim, XalqaroFirdavsiymukofoti sohibi, adabiyotshunos, f.f.d., professor Shoislom Shomuxamedovning 100-yillik tavalludini munosib nishonlash maqsadida Shoislom Shomuxamedov nomidagiYosh sharqshunoslarning V-forumi”ni tashkil etmoqda.

Forumda bakalavriat va magistratura bosqichida tahsil olayotgan barcha talaba va magistrantlar o‘ilmiy maqolalari bilan ishtirok etishlari mumkin. Forumga taqdim etilayotgan ilmiy maqolalar quyidagi yo‘nalishlardan biriga mos kelishi lozim:

Sharq tillari va adabiyoti;
Tarjimashunoslik;
Sharq xalqlari tarixi va tarixshunoslik;
Sharq falsafasi va madaniyati;
Xalqaro munosabatlar;
Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti;
Xalqaro turizm;
Jurnalistika.

Maqolalar joriy yilning  25-martiga qadar o‘zbek, rus va ingliz tillarida ilmiy rahbar taqrizi bilan birga yshforum2021@mail.ru pochtasiga jo‘natilishi lozim. Ilmiy rahbar taqrizi mavjud bo‘lmagan hamda rasmiylashtirish talablariga javob bermaydigan maqolalar anjuman to‘plamiga kiritilmaydi.

Ma’lumot uchun:

(90) 979-19-07 Sirojiddin Maxatov

(90) 949-34-64 Nigora Maxmasobirova

Shuningdek , Taqdim etilayotgan maqolalarni rasmiylashtirish talablari quyidagicha:

 

Maqola ilmiy tadqiqot yo‘nalishiga oid dolzarb mavzuda, ilmiy tahlil va tugallangan fikrlar asosida, amaliy tavsiyalar bilan taqdim etilishi lozim.

Forum materiallari MS Word 95-2003, 2007, 2010 (RTF) formatida, Times New Roman shriftida, 14 kegel kattaligida, 1,5 intervalda yozilishi lozim. Qog‘oz hajmi A4, hamma tomondan 2 sm joy qoldiriladi, abzats 1 sm. Birinchi qatorda maqolaning mavzusi katta harflar bilan yoziladi. Keyingi qator o‘ng tomondan muallifning ismi sharifi, uchinchi qator o‘ng tomondan tashkilot nomi, muallifning kursi, yo‘nalishi, telefon raqami hamda to‘rtinchi qator o‘ng tomondan ilmiy rahbarining ismi sharifi, ilmiy darajasi ko‘rsatiladi. Maqola so‘nggida foydalanilgan adabiyotlar ko‘rsatilishi lozim. Taqdim etilayotgan maqolalar 3 betdan kam bo‘lmasligi va 7 betdan oshmasligi kerak.

Maqolalarda universitetning tegishli soha professor-o‘qituvchilarining so‘nggi yillardagi ilmiy maqolalariga, xalqaro bazalardagi ilmiy ishlarga havolalar bo‘lishi lozim.

Maqolalar joriy yilning 25-martiga qadar o‘zbek, rus va ingliz tillarida ilmiy rahbar taqrizi bilan birga yshforum2021@mail.ru pochtasiga jo‘natilishi lozim. Maqolalar pochtaga kelib tushgach, maqola muallifiga maqolaning tahrir uchun qabul qilinganligi to‘g‘risida javob xati jo‘natiladi. Ilmiy rahbar taqrizi mavjud bo‘lmagan hamda rasmiylashtirish talablariga javob bermaydigan maqolalar qabul qilinmaydi va anjuman to‘plamiga kiritilmaydi.