TDSHU professori orden bilan taqdirlandi
![](https://tsuos.uz/wp-content/uploads/2021/03/1836A720-0DF6-442A-9F8F-25A0E94B4284-1024x768.jpeg)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining Sharq mamlakatlari adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori Xodjayeva Ra’no Umarovna «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlanganlandilar.
💐 Shu munosabat bilan kuni kecha ustozni ushbu yuksak mukofot bilan katta sharqshunoslar oilasi nomidan qutlash maqsadida rektor G.Rixsiyeva boshchiligidagi universitet vakillari R.Xodjayevaning xonadonlariga tashrif buyurishdi.
❇️ Ra’no Xodjayeva universitet jamoasiga minnatdorlik bildirib, bu mukofot butun ilm ahliga, ilm va ta’lim yo‘lidagi ayollarimizga berilgan yuksak e’tiborning yorqin namunasi ekanligini ta’kidladilar.